» » Nokia xavfsizlikni ta’minlovchi “aqlli” kurtkani taqdim etdi

Nokia xavfsizlikni ta’minlovchi “aqlli” kurtkani taqdim etdi


Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi Barselonadagi Mobile World Congress 2018 ko‘rgazmasida “aqlli” kurtkani taqdim etdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

CHASE LifeTech FR deb nomlanuvchi qurilma Nokia tomonidan Janubiy Koreyaning Kolon kiyim-kechak brendi va Chexiyaning GINA dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan. Kurtka xavfsizlikni ta’minlash va organizmning turli ko‘rsatkichlarini normada ushlab turish uchun “birinchi yordam” gadjeti sifatida taqdim etildi.

Kurtkaning yenglari va yoqasida yurak urishi, harorat, joylashgan joy, harakat faolligini kuzatib turuvchi datchiklar joylashgan. To‘plangan axborot maxsus bazaga yuboriladi, u yerda ma’lumotlarga real vaqt rejimida ishlov beriladi. Qandaydir anomal ko‘rsatkichlar aks etgan taqdirda, qurilma zudlik bilan reaksiya ko‘rsatadi.

Ta’kidlanishicha, “aqlli” kurtka qutqaruv xizmati xodimlari, politsiyachilar va hayot uchun xavf bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa kasblar vakillari uchun foydali bo‘ladi. Yaqin bir-bir yarim yil ichida ishlab chiqaruvchilar kurtkaning iste’molchilar uchun mo‘ljallangan versiyasini ham yaratmoqchi.

Nokia made a smart, fashionable jacket for first responders: https://t.co/Lca10uwPMI pic.twitter.com/xzF6T9uecf

— Engadget (@engadget) February 28, 2018



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют