» » “Barselona” La Liganing so‘nggi 5 ta turida 3 bor durang o‘ynadi. Kelasi uchrashuv “Atletiko”ga qarshi bo‘ladi

“Barselona” La Liganing so‘nggi 5 ta turida 3 bor durang o‘ynadi. Kelasi uchrashuv “Atletiko”ga qarshi bo‘ladi


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasida 26-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Mazkur turda mamlakatning uch yetakchisi turlicha natijalar qayd etdi.

Madridning “Real” klubi Barselonada mag‘lub bo‘lgandi, keyinroq esa “Atletiko” yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Turning uchinchi kunida “Barselona” futbolchilari 2 ochko yo‘qotdi. Orol shaharda mezbon bo‘lgan Valverde jamoasi 47-daqiqada gol o‘tkazib yubordi va o‘yin yakuniga qadar g‘alaba to‘pini kirita olmadi.

Bungacha “Barselona” va “Atletiko” o‘rtasidagi ochkolar farqi 7 tani tashkil qilayotgandi, endi esa farq 5 taga yetdi. 4-mart kuni ular o‘zaro “Kamp Nou” arenasida to‘qnash keladi. Tomonlarning Madridda o‘tgan ilk o‘yinida 1:1 hisobi qayd etilgandi.

Ispaniya La Ligasi

26-tur bellashuvlari

1-mart, payshanba

Gollar: Lionel Messi, 21 (0:1). Xonatan Kalyeri, 48-pen (1:1).

Gol: Viktor Laguardiya, 90 (1:0).

Noaniq penalti: Manu Garsiya, 32 (A).

Chetlatishlar: Chema, 29 (L). Munir El-Xaddadi, 77 (A).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 124) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют