» » Rossiyalik oligarxlar 2 oy ichida 11 milliard dollar ishladi

Rossiyalik oligarxlar 2 oy ichida 11 milliard dollar ishladi


Rossiyalik milliarder yanvar-fevral oylarida daromadini 11 milliard dollarga ko‘paytirdi, deb xabar beradi Bloomberg Billionaire Index.

Milliarderlarning sezilarli darajada boyishiga jahon birjalaridagi aksiyalar kotirovkasining o‘sishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

1-mart holatiga ko‘ra, eng badavlat rossiyalik deb “Severstal” kompaniyasi aksioneri Aleksey Mordashov topilgan. Uning boyligi 19,9 milliard dollarga tenglashib, ikki oy ichida 239 million dollarga ortdi.

Rossiyaning eng badavlat kishilari ro‘yxatining ikkinchi o‘rnidan “Norilskiy nikel” jamiyati prezidenti Vladimir Potanin joy oldi, uning daromadi 613 milliard dollarga yetib, 19,6 milliard dollarga o‘sgan.

Amazon asoschisi Jeff Bezos dunyoning eng badavlat kishisi nomini saqlab qoldi. Undan keyingi o‘rinlarni Microsoft asoschisi Bill Geyts ( 92,1 milliard dollar) va Uorren Baffet (80 milliard dollar) egalladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют