» » Sigaret chekib, uxlab qolgan olmaliqlik fuqaroning uyi yonib ketdi (foto)

Sigaret chekib, uxlab qolgan olmaliqlik fuqaroning uyi yonib ketdi (foto)


1-mart kuni soat tonggi 04:29 da Olmaliq shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limiga H.Olimjon ko‘chasidagi 24-uy 50-xonadon yonayotgani haqida xabar kelib tushgan, deb xabar beradi Olmaliq shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limi matbuot xizmati.

Shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limi navbatchi bo‘linmalari soat 04:37 da yong‘in joyiga yetib bordi. Bo‘linmalar hodisa joyiga yetib borgan paytda xonadon ichi tutab yonayotgan edi. Xonadon ichida uy egasi 1985-yilda tug‘ilgan Artyom Asanov qolib ketganligi aniqlandi. U zudlik bilan o‘t o‘chiruvchilar tomonidan tashqariga olib chiqilgan. Yong‘in vaqtida ko‘p qavatli uyning podyezdlari quyuq tutun bilan qoplangani uchun shu podyezdda yashovchi yana besh kishi xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.

Yong‘in xonadon egasi Artyom Asanovning mast holda sigaret chekib uxlab qolgani tufayli yuz berganligi aniqlandi. Yong‘in oqibatida xonadonning olti metr kvadrat maydonida uy jihozlari zararlangan, 63 metr kvadrat maydoni saqlab qolingan.

Hodisa yuzasidan Olmaliq shahar YoXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют