» » Jizzaxlik o‘t o‘chiruvchilar yonayotgan xonadon ichidan 19 yoshli qizni qutqarib qoldi

Jizzaxlik o‘t o‘chiruvchilar yonayotgan xonadon ichidan 19 yoshli qizni qutqarib qoldi


31-yanvar kuni soat 12:27 da Jizzax viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi markaziy dispetcherlik xizmatiga yong‘in haqida xabar kelib tushdi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Shundan so‘ng yong‘in joyiga Jizzax shahar Yong‘in xavfsizligi bo‘limi 1-harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismining 2 ta bo‘linmasi yuborildi.

“Yong‘in yuz bergan Jizzax shahar A.Navoiy mahallasi “Abdujabborov” ko‘chasi 2-uy darvozasi qulflangan edi. Smena boshlig‘i leytenant Shoir Fayziyev xolis guvohlar ishtirokida darvozani ochishga ko‘rsatma berdi. O‘t o‘chiruvchilar tutun bilan qoplangan xonaga kirganida shu uyda yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro D.Husanova hushsiz yotgan edi. Kichik serjant Husniddin G‘apporov va safdor Adham Jo‘rayevlar tezda qizni tashqariga olib chiqdi. O‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilishi oqibatida qizning hayoti saqlab qolindi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, brigada qisqa muddatda yong‘inni bartaraf etgan. Yong‘in natijasida xonadonning 25 kvadrat metr maydoni va uy jihozlari zarar ko‘rgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют