» » Endilikda Toshkentda “maqsadli” pasport va viza nazorati o‘tkazilmaydi

Endilikda Toshkentda “maqsadli” pasport va viza nazorati o‘tkazilmaydi


O‘zbekistonda 1990-yilning oxiridan beri yirik bayramlar arafasida o‘tkazib kelinayotgan “Tozalash-Antiterror” operatsiyalari to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rahbari o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev 1-martda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

“Tozalash-Antiterror” tadbiri Musatqillik bayrami, Konstitutsiya kuni, Yangi yil, Navro‘z va boshqa bayramlar arafasida o‘tkazilar edi.

Ushbu operatsiya o‘rniga O‘zbekiston Prezidentining 14-fevraldagi “Jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish va Toshkentda jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan “Xavfsiz hudud” kompleks chorasi joriy etiladi.

IIBB rahbari o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, 15 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Tozalash-Antirerror” operatsiyalari 1999-yilning fevralida poytaxtda sodir bo‘lgan portlashlarga aloqador.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, avvalgidek “maqsadli” pasport va viza nazorati endilikda o‘tkazilmaydi.

“IIBB xodimlari sektorlardagi oilalarning ijtimoiy holatini o‘rganish bilan shug‘ullanadi va qandaydir huquqbuzarliklar aniqlansa ularni nazorat qiladi. Yordam berish, maslahat berish, odamlarni propiskaga qo‘yish borasida yordam beramiz. Endilikda propiskasi yo‘q odamlarni zudlik bilan ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilmaydi. Dastlab ogohlantirish beriladi” —  dedi Doniyor Toshxo‘jayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют