» » Jizzaxda O‘zbekiston – Tojikiston chegara punktlari ochildi

Jizzaxda O‘zbekiston – Tojikiston chegara punktlari ochildi


Jizzax viloyatining Yangiobod tumani va Tojikistonning Sug‘d viloyati o‘rtasidagi “Qo‘shqand” va “Uchto‘rg‘on” chegara nazorat o‘tkazuv punktlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston va Tojikistonning davlat bayroqlari bilan bezatilgan o‘tkazuv punktidagi tantanali tadbirda har ikkala tomondan viloyat hokimliklari, urush va mehnat faxriylari, jamoatchilik vakillari, chegara hududidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan aholi vakillari ishtirok etdi.

Karnay-surnay sadolari ostida “Qo‘shqand” chegara nazorat o‘tkazuv punktidagi to‘siq ochilib, qo‘shni Tojikiston delegatsiyasi O‘zbekiston hududiga kirib keldi. Mehmonlar o‘zbekona mehmonnavozlik, non-tuz bilan kutib olindi.

Mehmon va mezbonlar to‘kin dasturxon atrofida dildan suhbatlashdi. Sahnada o‘zbek va tojik kuy-qo‘shiqlari, jozibali raqslar ijro etildi.

O‘zbekistonliklar ham Sug‘d viloyatining Istravshan shahridagi chegara nazorat-o‘tkazish punktida karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi. Bu yerda ham tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbek va tojik san’atkorlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Ikki xalq vakillari birgalikda raqsga tushib, bir piyola choy ustida diydorlashdi.

Shu kuni Yangiobod tumanidagi Qo‘shqand qishlog‘ini Tojikistonning Zafarobod tumani bilan bog‘lab turuvchi “Uchto‘rg‘on” chegara nazorat o‘tkazish punkti ham ochildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют