“Paxtakor” uchun mavsum projektorning o‘chib qolishi va ishonchli g‘alaba bilan boshlandi. Portugaliyalik hujumchida gol
Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi O‘zbekiston Superligasini ishonchli g‘alaba bilan boshladi.
Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubini qabul qilgan toshkentliklar 2:0 hisobida ustun keldi. Mehmonlar birinchi bo‘limni durang bilan yakunlashni uddalagandi. Ikkinchi 45 daqiqalikda esa avvaliga Sherzod A’zamov hisobni ochdi. Uchrashuv yakuni arafasida portugaliyalik hujumchi Ismoil Gonsalvesh penaltini aniq amalga oshirdi.
Shota Arveladze boshchilik qilayotgan “paxtakorchilar” uchun bu mavsumdagi ikkinchi rasmiy o‘yin bo‘ldi. Bungacha “Paxtakor” Chempionlar Ligasining pley-offini Qatarda o‘tkazib, “Al-Garafa” klubiga imkoniyatni boy bergandi. Endi Arveladze bor e’tiborini ichki chempionatga qaratadi.
“So‘g‘diyona”ga qarshi o‘yin vaqtida stadion projektorlaridan biri o‘chib qoldi. Bunday holat “Paxtakor” stadionida ilk bor kuzatilayotgani yo‘q. JCh—2014 pley-offidan joy olgan O‘zbekiston milliy termasining Iordaniyaga qarshi o‘yinida ham shu kabi holat kuzatilgan bo‘lib, yakunda o‘zbekistonlik futbolchilar penaltilar seriyasiga ko‘ra imkoniyatni boy bergandi.
O‘zbekiston Superligasi
1-tur bellashuvi
2-mart, juma
Gollar: Sherzod A’zamov, 49 (1:0). Ismoil Gonsalvesh, 82-pen (2:0).
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют
