» » O‘zbekistonda ipak qurti g‘umbagidan yog‘ olinadi

O‘zbekistonda ipak qurti g‘umbagidan yog‘ olinadi


“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi joriy yilning uchinchi choragidan boshlab ipak qurti g‘umbagidan yog‘ ishlab chiqarishni boshlaydi. Buning uchun kerak bo‘ladigan uskunalar xitoy kompaniyalariga buyurtma qilindi, deya xabar beradi O‘zA.

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, bir litr g‘umbak yog‘i jahon bozorida 200 dollar atrofida baholanadi. Hozirga qadar ipak qurti g‘umbagining bir kilogrammi parrandachilik, baliqchilik sanoati korxonalari uchun ozuqa sifatida 3-4 ming so‘mga sotilgan. Ushbu mahsulot aralashmasidan tayyorlangan tibbiyot surtmalari jarrohlikdan keyin hosil bo‘ladigan chandiqlarni yo‘qotish, soch to‘kilishini oldini olish xususiyatiga ega. Undan kosmetologiya sohasida, sovun, shampun ishlab chiqarish sanoatida keng foydalanish mumkin.

Ana shunday qiziqarli ma’lumotlar “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi B.Sharipov va Finlandiya halqaro biznes hamkorlikni rivojlantirish tashkiloti direktori, Fin Fond vakilli Birgit Nevala bilan uchrashuvi chog‘ida keltirildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Finlandiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish doirasida ipak qurti g‘umbagidan yog‘ olish, fin tadbirkorlari va sayyohat ishqibozlarini uyushma tashkil etayotgan hunarmand kasanachilar mahallasiga tashrifini tashkil etish orqali tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida bir guruh fin sayyohlari va tadbirkorlari yaqin kunlarda O‘zbekistonga kelishi, yog‘ ishlab chiqarish va tutzorlar yaratish borasida kelishuvga erishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют