» » Dunyoning 500 nafar eng badavlat kishisi AQSh fond bozorlaridagi pastlash tufayli 128 mlrd dollar yo‘qotdi

Dunyoning 500 nafar eng badavlat kishisi AQSh fond bozorlaridagi pastlash tufayli 128 mlrd dollar yo‘qotdi


Dunyoning 500 nafar eng badavlat kishisi AQSh fond bozorlaridagi pastlash oqibatida umumiy hisobda 128 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.

Birja inqirozi eng ko‘p AQSh (55 milliard dollar) va Xitoy (14 milliard dollar) millliarderlariga zarar yetkazdi.

Jumladan, Berkshire Hathaway yetakchisi Uorren Baffet 3,74 milliard, Mark Sukerberg 3,72, Alphabet bosh direktori Larri Peyj va Google yaratuvchilaridan biri Sergey Brin taxminan 3 milliarddan, Zara asoschisi Amansio Ortega esa 2,5 milliard dollar yo‘qotdi.

Fond bozorlaridagi rekord darajadagi pastlashga AQSh prezidenti Donald Tramp po‘lat va alyuminiy importiga yangi tariflar joriy etish to‘g‘risidagi qarorni imzolashga hozirlik ko‘rayotgani haqidagi ma’lumot sabab bo‘lgani bildirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют