» » Farg‘onada 5 gektardan ortiq yerni 312 mln so‘mga sotgan fermer qo‘lga olindi

Farg‘onada 5 gektardan ortiq yerni 312 mln so‘mga sotgan fermer qo‘lga olindi


Farg‘ona viloyatining Quva tumanida fermerlik faoliyati uchun ajratilgan yerni uy-joy qurish uchun sotib yuborgan fermer qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Xabar berishlaricha, 1956-yilda tug‘ilgan T.Karashov o‘zi rahbarlik qilgan fermer xo‘jaligiga tuman hokimining 2006-yil 28-fevraldagi qarori bilan foydalanish uchun ajratilgan 13,26 gektar yerning bir qismini sotib yuborgan.

Yerning 5,30 gektari qonunga xilof ravishda yakka tartibda uy-joy qurish uchun 34 nafar fuqaroga jami 312 million so‘mga sotib yuborilgan. “Pullarni u o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgani ma’lum bo‘ldi”, — deyiladi IIV axborotida.

Qayd etishlaricha, hozirgi vaqtda T.Karashov qo‘lga olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют