» » Amerikalik erkak Nyu-Yorkdan Parijga borish uchun yo‘ltanlamas amfibiyani yig‘adi

Amerikalik erkak Nyu-Yorkdan Parijga borish uchun yo‘ltanlamas amfibiyani yig‘adi


Kinoprodyuser Jeyms Glinkenxausga tegishli Scuderia Cameron Glickenhaus kompaniyasi joriy yilning yanvar oyi oxirida taqdim etilgan yo‘ltanlamasda qit’alararo sayohatni tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Ma’lum qilinishicha, mashina Nyu-York—Parij yo‘nalishi bo‘yicha sayohatni amalga oshiradi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

G‘oyaga ko‘ra, mashina 2020-yilda Nyu-Yorkdagi Tayms-skver maydonidan yo‘lga chiqadi. Yo‘ltanlamas u yerdan shimoli-g‘arbga, Bering bog‘ozi tomonga harakatlanadi. Avtomobil bo‘g‘ozni maxsus shishiriladigan ko‘prik yordamida kesib o‘tadi.

Keyinchalik yo‘nalish Transsibir avtomagistrali bo‘ylab davom etadi. Yo‘ltanlamasning Pekin, Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari orqali o‘tishi ham ko‘zlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют