» » Kreml AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini uzaytirishni noqonuniy deb atadi

Kreml AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini uzaytirishni noqonuniy deb atadi


Kreml Amerikaning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini uzaytirishini noqonuniy deb hisoblaydi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Bu kun tartibidagi bizning masalamiz emas. Prezident ta’kidlaganidek, biz hech qachon bu sanksiyalar tashabbuskori bo‘lmaganmiz. Biz ularni noqonuniy va nafaqat ikki mamlakat xalqiga, balki butun dunyoga zarar keltiruvchi deb hisoblaymiz”, — deydi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Bir necha kun avval AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirish haqida ko‘rsatma berdi. Vashington mazkur cheklov tartibini Qrim va Ukrainadagi vaziyat tufayli 2014-yilda joriy etgan edi. Sanksiyalarga, shuningdek Yevro Ittifoq mamlakatlari, Kanada, Norvegiya va Avstraliya ham qo‘shildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют