» » Tramp: Rossiyaning AQShga nisbatan do‘stona munosabati butun dunyo uchun foydali

Tramp: Rossiyaning AQShga nisbatan do‘stona munosabati butun dunyo uchun foydali


Rossiyaning AQShga nisbatan do‘stona munosabati butun dunyo uchun foydali bo‘lar edi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Xanoyda, Vyetnam prezidenti Chan Day Kuang bilan matbuot anjumanidagi chiqishida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

“Rossiya AQSh bilan munosabatlarda do‘stona yondashuv yo‘lini tutsa, bu Amerika tomoni va butun dunyo uchun katta naf keltirgan bo‘lardi”, — dedi Tramp.

Shuningdek, u AQSh Rossiyaga qarshi joriy etgan sanksiyalarga izoh berdi.

“Rossiyaga qarshi o‘ta og‘ir va juda yuqori darajadagi sanksiyalar qo‘llandi. Bu yaqinda ro‘y berdi. Biroq qaddi bukilgan dunyoga malham qo‘yish vaqti keldi”, — ta’kidladi AQSh prezidenti.

Опубликовано: admin (12-11-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 43) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют