» » Buxoro shahrida elektromobillar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Buxoro shahrida elektromobillar qatnovi yo‘lga qo‘yildi


Ko‘hna Buxoroning qadimiy ko‘chalari bo‘ylab elektromobillar qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

“Sayyohlar uchun yaratib berilgan katta qulaylik, ya’ni vizasiz kelish imkoniyatidan foydalanib, yurtingizga oilaviy tashrif buyurdik. Buxoroning ertakmonand ko‘chalari bo‘ylab elektromobilda sayr-u sayohat qilish barchamizga, ayniqsa, farzandlarimga bir olam zavq bag‘ishladi”, — deydi yaponiyalik sayyoh Nixato Kasaxara.

Qayd etilishicha, Labi Hovuzdan Poyi Kalon va Ark qo‘rg‘onigacha bo‘lgan masofada yuzdan ziyod qadimiy obidalar joylashgan.

“Shu yo‘nalishda hozir ekologik toza hamda xavfsiz avto turi sanalgan to‘rtta ixcham mashina harakatlanmoqda. Tez orada ular soni yana 20 taga ko‘payadi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют