» » “Roma” Neapolda peshqadam “Napoli” darvozasiga 4 ta gol urdi. Bugun Milan derbisi bo‘lib o‘tadi

“Roma” Neapolda peshqadam “Napoli” darvozasiga 4 ta gol urdi. Bugun Milan derbisi bo‘lib o‘tadi


Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 27-turiga kelib peshqadam “Napoli” mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Bungacha neapollik futbolchilarni faqatgina “Yuventus” mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi. Endi esa “Napoli” yana o‘z maydonidagi muhim o‘yinda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Rimning “Roma” klubini qabul qilgan Sarri shogirdlari 2:4 hisobida yengildi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqasida Mertens jamoasini yirik hisobdan qutqarib qoldi.

Turinning “Yuventus” klubi ham mazkur turda prinsipial o‘yinda ishtirok etib, poytaxt Rimning boshqa bir klubi “Latsio”dan ustun keldi. “Latsio” turinliklar ustidan zafar qucha olgan ikki jamoaning biri bo‘lib turgandi. Rimliklar 1-davra safardan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan bo‘lib, o‘yinning so‘nggi daqiqasida Paulo Dibala penaltidan gol ura olmagandi.

Bu safar aynan argentinalik hujumchi so‘nggi daqiqadagi aniq zarbasi bilan “Yuventus”ga 3 ochko keltirdi. “Napoli”ning mag‘lubiyati sabab endilikda Allegri jamoasida peshqadam bo‘lib olish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Italiya A seriyasi

27-tur o‘yinlari

3-mart, shanba

Gol: Paulo Dibala, 93+ (0:1).

Gollar: Lorenso Insinye, 6 (1:0). Chengiz Yunder, 7 (1:1). Edin Jeko, 26 (1:2). Edin Jeko, 73 (1:3). Diyego Perotti, 79 (1:4). Dris Mertens, 92+ (2:4).

4-mart, yakshanba

“Atalanta” — “Sampdoriya” 19:00

“Milan” — “Inter” 00:45



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют