» » Rossiya TIV: AQSh Markaziy Osiyo davlatlarini Rossiya bilan keng ko‘lamli hamkorlikdan to‘sishga urinmoqda

Rossiya TIV: AQSh Markaziy Osiyo davlatlarini Rossiya bilan keng ko‘lamli hamkorlikdan to‘sishga urinmoqda


AQSh Markaziy Osiyo davlatlarini Rossiya bilan keng ko‘lamli hamkorlikdan to‘sishga urinmoqda. Rossiya TIV AQSh markaziy qo‘mondonligi rahbari Jozef Votelning Kongress vakillar palatasidagi chiqishiga shunday izoh berdi, deya ma’lum qildi “RIA Novosti”.

“Votel Rossiyani AQSh ta’siriga ortib borayotgan tajovuz va noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishda aybladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisod va xavfsizlik masalalarida Rossiyaga suyanayotgani ham Qo‘shma Shtatlar uchun muammo tug‘dirmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Rossiya tashqi mahkamasiga ko‘ra, oxirgi 10 yil mobaynida mamlakatning Markaziy Osiyo rivojlanishiga ko‘magi 6 milliard dollardan oshdi. Mintaqaga Rossiyaning 20 milliard dollardan oshiq investitsiyalari kiritilgan, 7,5 ming kompaniyasi ishlamoqda.

Markaziy Osiyoning Rossiya bilan savdosi hajmi o‘tgan yili o‘rtacha uchdan birga ko‘paydi. Jumladan, Qozog‘iston bilan bu ko‘rsatkich 30,1, Qirg‘iziston bilan 31,6, O‘zbekiston bilan 33,9 foizga oshdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют