» » Tog‘-geologiya faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha inspeksiya va uning hududiy tuzilmalari tashkil etiladi

Tog‘-geologiya faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha inspeksiya va uning hududiy tuzilmalari tashkil etiladi


2018-yil 1-martda “O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi, deb yozadi O‘zA.

Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining yer qa’ridan foydalanishni nazorat qilish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda.

Qo‘mita huzurida Tog‘-geologiya faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari tashkil etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi bekor qilinib, o‘rniga qo‘mita huzurida Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tashkil qilinmoqda.

2018-yil 1-apreldan boshlab yer osti suvlaridan maxsus foydalanish va yer osti suvini maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma qo‘mitaning hududiy gidrogeologik stansiyalari tomonidan “yagona darcha” tamoyili asosida beriladi.

2018-yil 1-avgustdan yer qa’ridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalar Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda, keng tarqalgan foydali qazilmalarga tegishli qismi esa — “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha beriladigan bo‘ldi.

2018-yil 1-apreldan boshlab qo‘mita xodimlariga uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun qo‘shimchalar va qo‘mitaning tegishli hududlarda joylashgan tashkilotlari xodimlarining ish haqiga qo‘shimcha koeffitsiyentlar to‘lanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют