» » Rossiyada mamlakatga 44 tonna nosvoy olib kirishga uringan O‘zbekiston fuqarosiga hukm chiqarildi

Rossiyada mamlakatga 44 tonna nosvoy olib kirishga uringan O‘zbekiston fuqarosiga hukm chiqarildi


Orenburg viloyatining Oqbuloq tumanida Rossiyaga katta miqdorda nosvoy olib kirishga uringan o‘zbekistonlikka nisbatan hukm chiqarildi. Bu haqda Rossiya bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.

Sudda ayblanuvchi tergov davomida aniqlash imkoni bo‘lmagan shaxslar bilan birgalikda 2016-yil iyulida Moskvada sotish uchun Rossiyaga 44 tonnadan oshiq nosvoy olib kirishga harakat qilgani aniqlandi. U mazkur noqonuniy yuk bilan Oqbuloq tumanidagi chegara o‘tkazish punktida qo‘lga olindi.

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, nosvoy aralashmasi inson hayoti va salomatligi uchun xavfli hisoblanadi. Rossiya qonunchiligiga binoan mamlakat hududida u bilan savdo qilish man etilgan.

O‘zbekiston fuqarosi noqonuniy qilmishi uchun 1 yilga ozodlikdan mahrum etildi va 100 ming rubl jarimaga tortildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют