WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Asad AQSh koalitsiyasini va IShIDni qo‘llab-quvvatlashda aybladi
Asad AQSh koalitsiyasini va IShIDni qo‘llab-quvvatlashda aybladi
Suriya prezidenti Bashar Asad AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya IShID, “Jibhat an-Nusra” terrorchilari va boshqa jangarilarni qo‘llab-quvvatlayotganligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“G‘arb koalitsiyasi IShID uchun Harbiy-havo kuchlari hisoblanadi. Bu koalitsiya IShID, ‘Jibhat an-Nusra’ va boshqa ular kabi terrorchilik guruhlarini qo‘llab-quvvatlamoqda”, — dedi u.
Asad terrorchilarga qarshi operatsiya davom etishini qo‘shimcha qildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?