» » Singapur metropolitenda haydovchisiz poyezdlar tizimidan voz kechadi

Singapur metropolitenda haydovchisiz poyezdlar tizimidan voz kechadi


Singapur metropoliteni rahbariyati harakatlanishdagi muntazam uzilishlar tufayli poyezdlarni boshqarishning avtomatik tizimidan voz kechadi. Bu haqda 5-mart kuni The Straits Times gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Metropoliten matbuot kotibi Temmi Tan metropolitenning butun ish vaqti davomida har bir poyezdda mashinist bo‘lishi haqida qaror qabul qilinganligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga qaraganda, poyezdlarda mashinist-operatorlar nafaqat yo‘lovchilarga ishonch hissini berish, balki turli hodisalarga tezkor javob qaytarish uchun ham poyezdlarda bo‘lishi kerak.

2003-yilda Singapurda dunyo bo‘yicha birinchi bo‘lib faqat haydovchisiz poyezdlar qatnovchi metropoliten yo‘nalishi ishga tushgan edi. Shahar-davlat metropolitenining uzunligi 200 kilometrdan oshadi. Har kuni 2 millionga yaqin odam transportning mazkur turidan foydalanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют