» » G‘ijduvonda o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohfurushlar guruhi qo‘lga olindi

G‘ijduvonda o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohfurushlar guruhi qo‘lga olindi


Buxoro viloyati IIB JQB tezkor vakillari tomonidan “nazorat tariqasida giyohvand moddalarini sotib olish” tadbiri o‘tkazildi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Marixuana o‘simligi. Foto: austinhr.com

G‘ijduvon tumanida yashovchi Nusrat ismli shaxsning G‘ijduvon tumani hududida ko‘p miqdorda “nasha” giyohvandlik moddasi sotib yurganligi to‘g‘risidagi ma’lumotga asosan, olib borilgan dastlabki tezkor-surishtiruv harakatlari jarayonida mazkur fuqaro G‘ijduvon shahri, Dilkusho MFY, A.G‘ijduvoniy ko‘chasi 40-uyda yashovchi, 1960-yilda tug‘ilgan, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan sudlangan Nusrat Vosiyev ekanligi aniqlandi.

Nusrat Vosiyev nazorat tariqasida giyohvand moddasi sotib olish uchun yuborilgan shaxsga o‘zining tanishi bo‘lgan, G‘ijduvon tumani, Gulistonobod MFY, Rabotipoyon qishlog‘ida yashovchi, 1968-yilda tug‘ilgan, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik)  bilan sudlanib jazo muddatini o‘tab chiqqan Nabi Qahhorov bilan jinoiy til biriktirib, har bir quti “nasha” giyohvandlik moddasini 400 000 so‘mdan ekanligini aytib, 4 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutisiga solingan holdagi 15,91 gramm “marixuanna” giyohvandlik vositasini o‘tkazgan vaqtda viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olinadi.

Ushbu holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, giyohfurushlarga nisbatan jazoning muqarrarligini ta’minlash choralari ko‘rildi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют