» » Rossiya prokuraturasi 19 ayolni o‘ldirgan sobiq militsioner uchun umrbod qamoq jazosi so‘radi

Rossiya prokuraturasi 19 ayolni o‘ldirgan sobiq militsioner uchun umrbod qamoq jazosi so‘radi


5-mart, dushanba kuni Novosibirsk sudida prokuratura 19 nafar ayolni o‘ldirgan sobiq militsioner Yevgeniy Chuplinskiyni umrbod ozodlikdan mahrum etishni so‘radi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

28-fevral kuni hakamlar sudi uni jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topdi.

“Bugun davlat avblovchisi viloyat sudiga Yevgeniy Chuplinskiyni RF JK 105-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topishni taklif qildi. Ayblov suddan unga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini qo‘llash va uni alohida rejimli axloq tuzatish koloniyasida o‘talishini so‘radi”, — deya xabar beradi Novosibirsk viloyati prokuraturasi matbuot xizmati.

Chuplinskiyga nisbatan hukm 6-mart, yakshanba kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют