» » 60 ta jinoyatda ayblanayotgan manyak Popkov ishi yaqin vaqtda sudga yo‘naltiriladi

60 ta jinoyatda ayblanayotgan manyak Popkov ishi yaqin vaqtda sudga yo‘naltiriladi


Umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan angarsklik Mixail Popkovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yaqin vaqt ichida sudga yo‘naltiriladi. U yana 60 ta qotillik va qotillikka suiqasdda ayblanmoqda. Bu haqda 15-dekabr kuni Irkutsk viloyati Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Hajmi 322 tomni tashkil etgan jinoyat ishi tasdiqlangan ayblov xulosasi bilan yaqin vaqt ichida ko‘rib chiqish uchun sudga yo‘naltiriladi”, — deyiladi xabarda.

Angarsklik sobiq militsioner Popkov 2012-yilda qo‘lga olingan edi. 2015-yilning yanvarida Irkutsk viloyat sudi 22 ta qotillik va ikki qotillikka suiqasd uchun uni umrbod ozodlikdan mahrum etishga hukm qilgan edi.

2017-yilning martida Popkovga yana 60 ta jinoyat bo‘yicha ayblov e’lon qilindi.

“Tergov davomida o‘tgan yillardagi o‘xshash jinoyatlar bo‘yicha tahliliy ish o‘tkazildi. Uning doirasida 350 dan ortiq ish va tekshiruv materiallari o‘rganildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha Popkovga xos alomatlarga ega jinoyatlar tanlab olingan, shundan so‘ng tergovchilar tomonidan Popkov bilan psixologik muloqot o‘tkazilganda u iqror shaklidagi ko‘rsatmalar bergan”, — deya ta’kidlanadi matbuot xizmati xabarida.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют