» » Qarshiga Xavisiz kelgan “As-Sadd” futbolchilari mag‘lub bo‘ldi. “Nasaf” joy olgan guruhda chalkash vaziyat yuzaga keldi

Qarshiga Xavisiz kelgan “As-Sadd” futbolchilari mag‘lub bo‘ldi. “Nasaf” joy olgan guruhda chalkash vaziyat yuzaga keldi


O‘zbekiston vitse-chempioni “Nasaf” Chempionlar Ligasining ketma-ket ikkinchi uy uchrashuvida minimal hisobdagi g‘alabaga erishdi. Bungacha Amirliklarning “Al-Vasl” klubini taslim qilgan Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi, endi Qatarning “As-Sadd” jamoasidan ustun keldi.

Bellashuvdagi yagona gol 63-daqiqada Aziz G‘aniyev tomonidan urildi. Mehmonlar himoyachisi jarima maydonchasi ichida Bobur Abduxoliqovni qo‘pollik bilan to‘xtatib qolgach, yaponiyalik hakam qatarliklar darvozasi tomon penalti tayin qilgandi.

“As-Sadd” bungacha Xavi yetakchilik qilgan ikki o‘yinda 6 ochko ishlashning uddasidan chiqqandi. Bugun, shuningdek, Eronning “Persepolis” klubi ham Tehronda navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Forslar bunga qadar ilk turda “Nasaf” postiga javobsiz 3 ta gol urishga erishgandi.

Shu tariqa guruhda chalkash vaziyat yuzaga keldi. Ya’ni, biryo‘la uch klub hisobida 6 tadan ochko bor. Qatarliklar 2-davraning ikki o‘yinini Dohada o‘tkazish imkoniyatiga ega. “Nasaf” esa aksincha, 2 ta safar o‘yiniga boradi va faqatgina eronliklarni o‘z maydonida qabul qiladi.

Chempionlar Ligasi

“C” guruhi. 3-tur

5-mart, dushanba

Gol: Aziz G‘aniyev, 62-pen (1:0).

Gollar: Farshod Ahmadzoda, 36 (1:0). Ali Alipur, 41-pen (2:0).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют