» » Qo‘qonda shahar teatri, “Buyuk allomalar muzeyi” va yangi uy-joy binosini o‘z ichiga olgan majmua barpo etildi

Qo‘qonda shahar teatri, “Buyuk allomalar muzeyi” va yangi uy-joy binosini o‘z ichiga olgan majmua barpo etildi


Qo‘qonda shahar musiqali drama teatri, “Buyuk allomalar muzeyi” va teatr, san’at va madaniyat xodimlari uchun yangi uy-joy binosini o‘z ichiga olgan majmua barpo etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Teatr binosi tubdan yangilandi. Aktyorlar ishlashi, dam olishi, spektakllarga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun barcha qulayliklar, sharoitlar yaratildi. Bu esa jamoaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab ularni yanada yaxshiroq ijod qilishga, tomoshabin uchun eng sara obrazlarni jonlantirishga undamoqda. Teatr jamoasiga Isuzu avtobusi sovg‘a qilingani va Nexia 3 xizmat avtomashinasi berilgani jamoani yanada ruhlantirdi, olis hududlardagi muxlislariga ham ijod namunalarini hadya etish imkoni tug‘ildi.

Teatr ro‘parasidagi Yangi chorsu ko‘chasida 3 qavatli 36 xonadondan iborat yangi uy-joy binosi qurib bitkazildi va imtiyozli kredit asosida teatr, san’at va madaniyat xodimlariga berildi. O‘zbekiston xalq artisti Shafoat aya Rahmatullayevaga ham yangi uyning ikkinchi qavatidan ikki xonali xonadon Prezident sovg‘asi sifatida berildi.

Majmuadan o‘rin olgan “Buyuk allomalar muzeyi” ham milliy qadriyatlar, milliy ma’naviyatning eng noyob boyliklarini o‘zida jamlagan. Muzeyning ilmiy konsepsiyasi yangidan ishlab chiqildi va uning asosida tematik ekspozitsiya rejasi tuzildi va ekspozitsiya ishlari boshlab yuborildi.

— Bu yerni davlat rahbari taklifi bilan “Buyuk allomalar muzeyi” deb nomladik, — deydi muzey direktori R. Ziyayev. — Muzeyda o‘rta asrlar, Temuriylar davri, Qo‘qon xonligi va mustamlakaga qadar yashab ijod etgan allomalarga oid eksponatlar, asarlar, suratlar yig‘ilmoqda. Bu yerga tashrif buyuruvchilar buyuk ajdodlar hayoti, bosib o‘tgan yo‘llari, ijod mahsullari haqida to‘laqonli ma’lumot oladi. Buyumlar, turli idishlar esa o‘sha davr turmush tarzidan darak beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют