» » “Taraqqiyot strategiyasi” markazi dunyoning yangi tashkil etilgan “aql markaz”lari qatoridan o‘rin oldi

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi dunyoning yangi tashkil etilgan “aql markaz”lari qatoridan o‘rin oldi


2017- yil yakunlariga ko‘ra “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Global Go To Think Tank Index Report dunyodagi tadqiqot va tahlil markazlari yillik reytingiga kiritildi.  Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mazkur hisobot Pensilvaniya universiteti (AQSh) tomonidan 2008-yildan buyon dunyo miqyosida hukumat va fuqarolik jamiyati “aql markaz”larining rolini o‘rganish hamda ularning salohiyatini va samaradorligini oshirish maqsadida “Tahliliy markazlar va fuqarolik jamiyati” dasturi doirasida muntazam tayyorlab kelinadi.

Reytingni tuzish jarayonida 7815 ta “aql markaz”larining o‘tgan yildagi faoliyati tahlil qilingan. Unda turli nominatsiyalar taqdim etilgan bo‘lib, ular, o‘z navbatida, 4 ta asosiy guruhga bo‘lingan. Reyting TACTSP Global Think Tank Database ma’lumotlar bazasiga kiritilgan 62 mingdan ortiq nufuzli ekspertlar, jurnalistlar, siyosatchilar hamda iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar sohasi mutaxassislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari asosida tuzilgan.

O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra O‘zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” markazi, “Amerika siyosati milliy jamg‘armasi”, Niderlandiyaning “Integratsiya va jamiyat ilmiy platformasi” kabi qator nufuzli institutlar qatorida “2017-yilning yangi tashkil etilgan eng yaxshi “aql markazi” nominatsiyasi bo‘yicha elliktalik reytingida e’tirof etildi. Ushbu nominatsiyada so‘nggi 24 oy davomida tashkil etilgan va ilg‘or xorijiy tajriba hisoblanadigan “aql markazlari” ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda Yevropa siyosiy strategiyalar markazi, Siyosiy tadqiqotlar instituti (AQSh), Alibaba aql markazi (Xitoy), Yevropa xalqaro munosabatlar markazi, Amerika taraqqiyot markazi singari dunyoning yetakchi institutlari eng yaxshi aql markazlari sifatida e’tirof etilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют