» » “Manchester Yunayted”dan kambek: Mourinyo o‘zining APLdagi karyerasida ilk bor 2 ta gol farqini yo‘qqa chiqarib, zafar quchdi

“Manchester Yunayted”dan kambek: Mourinyo o‘zining APLdagi karyerasida ilk bor 2 ta gol farqini yo‘qqa chiqarib, zafar quchdi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasining 29-turi Londonda o‘tgan “Kristal Pelas” — “Manchester Yunayted” o‘yini bilan o‘z yakuniga yetdi.

“Burgutlar” ligada jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan bo‘lsa, “Manchester Yunayted” ikki kun avval ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritgan “Liverpul” va “Tottenhem” bilan vitse-chempionlik raqobatiga kirishgan. Tomonlarning o‘zaro o‘yinida Joze Mourinyo jamoasi ajoyib kambekni amalga oshira oldi.

Bellashuv “qizil iblislar”ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Vaholanki, mezbonlar bungacha 2 ta gol farqi bilan oldinga chiqib olgandi. So‘nggi daqiqada Nemanya Matich aniq zarbasi bilan jamoasiga 3 ochko olib berdi va “Yunayted” turnir jadvalida “Liverpul”dan yana o‘zib ketdi.

“Sports.ru” nashrining ma’lumot berishicha, Joze Mourinyo APLdagi faoliyati davomida 2 ta gol farqi bilan mag‘lub bo‘la turib, biror marta ham o‘yinni o‘z foydasiga hal qila olmagandi. “Yunayted”ning kechagi g‘alabasi bu borada birinchisi bo‘ldi. Nashr Mourinyo APLda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib turgan 21 ta o‘yinni sanab o‘tgan. Shularning 19 tasida uning shogirdlari taslim bo‘lgan, faqatgina 2 tasida durangga erisha olgan.

Angliya Premyer-Ligasi

29-tur bellashuvlari

5-mart, dushanba

Gollar: Andros Taunsend, 11 (1:0). Patrik van Anxolt, 48 (2:0). Kris Smolling, 55 (2:1). Romelu Lukaku, 76 (2:2). Nemanya Matich, 91+ (2:3).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют