» » Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti lavozimini tark etayotganini ma’lum qildi

Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti lavozimini tark etayotganini ma’lum qildi


Lola Karimova-Tillayeva Facebook’dagi sahifasiga Los-Anjelesda Ser Elton Jonning OITSga qarshi kurash Fondi tomonidan tashkil etilgan xayriya kechasida turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini joyladi va O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi Prezidentligi lavozimini tark etayotganini ma’lum qildi.

“Men ushbu post orqali, mana 13 yillik faoliyatimdan so‘ng, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi Prezidentligi lavozimini tark etishga majbur ekanligimni e’lon qilmoqchiman. Men barcha sportchilarimiz, federatsiyaning butun murabbiylar jamoasi hamda barcha ishchi xodimlariga a’lo bajarilgan faoliyatlari, ushbu sport turini yuqori darajaga ko‘tarishdagi hissalari, uning rivojlanish yo‘lidagi tinimsiz mehnatlari hamda g‘ayratlari uchun chin dilimdan tashakkur bildirmoqchiman. Osiyo Gimnastika Ittifoqining faxriy Prezidenti lavozimini saqlab qolgan holda, men ushbu ajoyib sport turining ashaddiy muhlislaridan bo‘lib qolaman hamda bizning o‘zbek gimnastlarimizga kelgusi faoliyatlarida omad va g‘alabalar tilayman!” — deb yozdi u.

Avvalroq Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi sifatidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют