WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » O‘zbekiston va AQShning yetakchi tahlil markazlari hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi
O‘zbekiston va AQShning yetakchi tahlil markazlari hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) va AQSh tashqi siyosiy kengashi qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti (CACI) hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi, deb yozadi “Review.uz”.
Tomonlarning o‘zaro manfaatli bo‘lgan sohalardagi ilmiy hamkorligini ko‘zda tutuvchi hujjat Vashingtonda SMTI direktori V.Norovning CACI direktori S.Kornell bilan uchrashuvi chog‘ida imzolandi.
Tomonlar birlamchi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, xalqaro taraqqiyot va mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar va davra suhbatlari tashkil qilishga kelishib oldi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?