» » Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti qoshidagi Yosh tahlilchilar klubining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti qoshidagi Yosh tahlilchilar klubining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekistonda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish maqsadida qabul qilingan – 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlanitirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar Strategiyasida Yoshlar rolini oshirish masalasiga alohida e’tibor qilingan. Yoshlarni tahliliy qobiliyatini yuksaltirish, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘mak beradigan shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar Instituti (SMTI) “Yosh tahlilchilar klubi” (YTK) tashkil etildi.

Yosh tahlilchilar klubi, O‘zbekistondagi Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan iqtidorli va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan talabalarni birlashtiradi. YTKning asosiy g‘oyasi – vatanparvarlik, vatanga bo‘lgan muhabbat va sadoqat, jamiyat va davlat manfaati yo‘lida xizmat qilish bilan belgilanadi.

Shu kunlarda SMTIda YTK ishtirokchilarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekistonning yetakchi Oliy o‘quv yurtlarida tashrif buyurgan 50 nafardan ziyod talabalar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda klub faoliyatining asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, YTK ishtirokchilari va SMTI o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Yig‘ilish davomida ishtirokchilar YTK faoliyati xususida, ilmiy tadqiqot hamda nashrlar yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi. Xususan, YTK tahliliy-munozaralar maydoni sifatida faoliyat yuritishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, yig‘ilishda YTK faoliyatining tashkiliy masalalari, ya’ni, Oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda seminar va davra suhbatlari, master-klass va boshqa tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida ta’kidlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-09-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 103) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют