» » Lukashenko O‘zbekiston Belarus uchun ustuvor davlat ekanligini e’tirof etdi

Lukashenko O‘zbekiston Belarus uchun ustuvor davlat ekanligini e’tirof etdi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga Leonid Marinichni tayinlash vaqtida bu yerda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida o‘z munosabatini bildirib o‘tdi. Bu haqda “Belta” axborot agentligi xabar tarqatdi, deya ma’lum qiladi “Xalq so‘zi”.

“Biz O‘zbekistonga nisbatan to‘g‘ri va samimiy bo‘lishimiz kerak, chunki u yerda Belarusni hurmat qilishadi. Doim hamkorlikka tayyormiz. O‘zbekiston biz uchun ustuvor davlat”, — ta’kidladi Lukashenko.

Belarus yetakchisi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar Shavkat Mirziyoyev Prezidentlikka saylanganidan keyin faol rivojlanib borayotganini e’tirof etdi. U bilan bir necha bor uchrashganini bildirib, “U o‘z mamlakatiga qanchalik ezguliklar istayotganini ko‘rib turibman. Shavkat Mirziyoyev Belarusni muhim sherik deb bilganligi biz uchun ham yaxshilik alomati. Biz qisqa vaqt ichida juda ko‘p ishlarni amalga oshirdik. Shu bois yaqin istiqbolda O‘zbekistonga qiladigan safarim davomida muayyan vaqt ichida bajarilgan ishlar sarhisobi va munosabatlarimizdagi yangi bosqich xususida fikr almashamiz”, deya aytib o‘tgan.

O‘zbekistonda Belarusda ishlab chiqarilayotgan texnikalarga ehtiyoj yuqoriligini inobatga olib, Lukashenko yangi tayinlangan elchiga mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish vazifasini yukladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют