» » Fargonada Hyundai ekskavatorlari ishlab chiqariladi

Fargonada Hyundai ekskavatorlari ishlab chiqariladi


Fargona viloyati hokimligi va Ozbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi bilan birgalikda 2018-yilda investitsiyalar jalb qilish, eksportni kopaytirish va turizm sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan tasdiqlangan yol xaritasiga asosan Fargona viloyatiga Janubiy Koreyadan yuzdan ziyod tadbirkorlar, yirik kompaniya, korporatsiya, oquv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalarining rahbarlari tashrif buyurdi. Bu haqda Daryo muxbiri Muhammadjon Obidov xabar bermoqda.

Ular Fargona viloyatida ozaro manfaatli korxonalar tashkil etish hamda Janubiy Koreyaga fargonalik tadbirkorlar delegatsiyasining tajriba organish maqsadida tashrif buyurishi kabi masalalarni muhokama etmoqda.

Koreya Respublikasi Evergreen Motors Group kompaniya raisi Kim Chang Kyon (Edvard) boshchiligida biznes-delegatsiya vakillariga biznes forum doirasida viloyatning investitsion salohiyati, yaratilgan imtiyozlar va imkoniyatlar hamda Fargona togrisida malumotlar berildi.

Viloyat iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmida Koreya davlati salmoqli orin tutadi. Xususan, 2017-yilning otgan davrida Fargona viloyati xojalik yurituvchi subyektlarining Koreya Respublikasi bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi 79 million AQSh dollarini, shundan, eksport 37,4 million, import 41,7 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bugungi kunda viloyatda JanubiyKoreya bilan hamkorlikda 18 ta xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyat korsatmoqda, deydi Fargona viloyat hokimi Shuhrat Ganiyev.

Fargona viloyati Koreya Respublikasi ishbilarmonlari biznes forumida jahon miqyosida tilga tushgan Hyundai, KIA, Daewoo kabi korporatsiyalar, Cheonnam National University Hospital tibbiyot markazi, Seojeong University oliy talim maskani, KDB bank muassasasi, Hankook Suward CO., LTD santexnika mahsulotlari ishlab chiqarish zavodi ortasida kelgusida qoshma korxonalar tashkil etish, talim, tibbiyotda hamkorlik qilish haqida shartnomalar imzolandi.

Eng quvonchli natijalardan biri bu dunyoga mashhur koreys Hyundai ekskavatorlarini Qoqon iqtisodiy zonasi hududida ishlab chiqaruvchi qoshma korxona haqidagi kelishuv boldi. Shuningdek, ayni daqiqalarda Fargona Cityni koreys kompaniyalar ishtirokida bunyod etish, isitish qurilmalari ishlab chiqarish qoshma korxonasini tasis etish, 5 ta xorijiy til va kasb orgatish oquv markazini ochish, qoshma mehnat migratsiyasi markazi tashkil etib, fargonalik yoshlarni togridan togri Janubiy Koreyada kafolatli ish orinlari bilan taminlash va yana onlab yonalishlardagi masalalar muhokama etilmoqda, deydi Ozbekiston investitsiya davlat qomitasi Fargona viloyat boshqarmasi boshligi Doniyor Ganiyev.



Manba: Daryo.uz
: admin (6-03-2018, 14:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 2) ( 3)
:
-
:
20 ... -