» » Foto: Volvo XC40 — Yevropada yil avtomobili

Foto: Volvo XC40 — Yevropada yil avtomobili


Volvo XC40 krossoveri Yevropada yil avtomobili nomiga sazovor bo‘ldi. Shvetsiya markasi ushbu mukofotni ilk bor qo‘lga kiritdi. To‘plangan ovoz natijalari Jenevadagi avtosalonning boshlanishidan oldin e’lon qilindi, deb xabar beradi “Motor”.

Volvo XC40 krossoveri 325 ta ovoz to‘pladi. Undan keyingi o‘rinni Seat Ibiza 242 ovoz bilan, uchinchi o‘rinni BMW 5 226 ta ovoz bilan band etdi. Shuningdek, nomzodlar ro‘yxatidan Kia Stinger (204 ball), Citroen C3 Aircross (171 ball), Audi A8 (169 ball) hamda Alfa Romeo Stelvio (163 ball) joy oldi.

Volvo XC40 ommaviy ravishda o‘tgan yilning sentabrida Milandagi tadbirda namoyish etilgandi. Ushbu krossover Shvetsiya markasining CMA platforma moduli asosida yaratilgan ilk modelga aylangan edi.

Volvo XC40 krossoveriga Drive-E oilasiga mansub to‘rt silindrli D4 dizel va T5 benzinli dvigateli o‘rnatilgan. Birinchi motorning quvvati 190 ot kuchiga, ikkinchisiniki — 254 ot kuchiga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют