» » O‘zbek mehnat migrantlariga kreditlar, navbatdagi lavozimdan ketishga majbur bo‘lgan Lola Karimova-Tillayeva, Suriyada qulagan rus samolyoti va kunning boshqa muhim xabarlari

O‘zbek mehnat migrantlariga kreditlar, navbatdagi lavozimdan ketishga majbur bo‘lgan Lola Karimova-Tillayeva, Suriyada qulagan rus samolyoti va kunning boshqa muhim xabarlari


6-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Prezident Shavkat Mirziyoyev muhim qarorni imzoladi: O‘zbekistondan xorijga ketayotgan mehnat muhojirlariga 1000 dollargacha kredit beriladi. Xorijga ishlagani ketayotgan o‘zbekistonliklarga temiryo‘l- va aviachiptalar chegirma bilan sotiladi. Chiptaning 300 ming so‘mini davlat qoplab beradi. Rossiya va Qozog‘istonga temiryo‘l qatnovlari ko‘paytiriladi.

2. O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati: Shavkat Mirziyoyev 9—10-mart kunlari Tojikistonda bo‘ladi. Tashrif arafasida Dushanbe va Samarqand shaharlariga Alisher Navoiy hamda Abdurahmon Jomiyning haykallari o‘rnatilishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

3. Suriyada Rossiyaning An-26 samolyoti qulashi oqibatida 30 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Fojiaga texnik nosozlik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

4. Qozog‘istondagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlarning har ikkisi Andijon viloyatidan. Biri 40, ikkinchisi esa 43 yoshda.

5. To‘rt yoshli qizini kaltaklab, buni videoga olgan ota ozodlikdan mahrum etildi. “Sudlanuvchi so‘nggi so‘zida qilmishidan qattiq pushaymon ekanini, aslida farzandlarini yaxshi ko‘rishi, o‘sha videoni ikki yil davomida xorijda ishlayotgan turmush o‘rtog‘ini qaytarish maqsadida tasvirga tushirganini aytdi”.

6. O‘zbekiston sporti tubdan o‘zgaradi. Shavkat Mirziyoyev o‘z farmonida sport rivojiga to‘sqinlik qilayotgan 9 ta tizimli muammoni sanab o‘tdi. Masalan, O‘zbekistonda xalqaro standartlarga javob bera oladigan sport asbob-uskunalari va inventarlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan.

7. Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan jizzaxlik fermer ayolga Nexia 3 sovg‘a qildi. Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov esa xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi ayol elchilarini bayram bilan tabrikladi.

8. Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti lavozimini tark etayotganini ma’lum qildi. “Men 13 yillik faoliyatimdan so‘ng O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidentligi lavozimini tark etishga majbur ekanligimni e’lon qilmoqchiman”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют