» » Deputatlar turizm, sud tizimini rivojlantirish va xalqaro munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihalarini korib chiqdi

Deputatlar turizm, sud tizimini rivojlantirish va xalqaro munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihalarini korib chiqdi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar qonun ustuvorligini taminlashga va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga, sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan qator qonun loyihalarini korib chiqdi. Bu haqda palata axborot xizmati malum qildi.

Shuningdek, deputatlar turizm industriyasini jadal rivojlantirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash masalalariga alohida etibor qaratdi.

Deputatlar oz ishini Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan Ozbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat korsatish sohasi xodimlari kunini belgilash togrisidagi qonun loyihasini birinchi oqishda korib chiqishdan boshladi.

Ayni paytda respublikada uy-joy kommunal xizmat korsatish sohasida 157 ming nafardan ortiq xodim va xizmatchi faoliyat korsatmoqda. Kommunal xizmat korsatish sohasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, sadoqat bilan bajarilgan mehnatni ragbatlantirish maqsadida qonun loyihasida Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligi tashkil etilgan kun 18 aprelni uy-joy kommunal xizmat korsatish sohasi xodimlari kuni etib belgilash taklif etilmoqda.

Shundan keyin deputatlar Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga Toqqizinchi qoshimcha bayonnomani (Istanbul, 2016-yil 6-oktabr) ratifikatsiya qilish togrisidagi qonun loyihasini birinchi oqishda korib chiqdi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatga Umumjahon pochta ittifoqining Ustavidan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlarni amalga oshirish, xalqaro tashkilotlarda oz manfaatlarini himoya qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, Umumjahon pochta ittifoqiga azo mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga, shuningdek, yangi texnologiyalar va andozalarni qollagan holda sifatli, samarali va xavfsiz pochta aloqasi xizmatlarini barqaror rivojlantirishni davom ettirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Talim, fan va madaniyat masalalari boyicha Islom tashkiloti Ustavini (Boku, 2015-yil 26-noyabr) ratifikatsiya qilish togrisidagi qonun loyihasi ham birinchi oqishda korib chiqildi.

Mazkur hujjatning qabul qilinishi, qonun chiqaruvchilarning fikriga kora, ushbu sohalarda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, Ozbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi yutuqlarini keng targib qilishga, mamlakatning islom tamaddunidagi buyuk rolini yoritishga, respublikaning qadimiy tarixi va madaniy merosi bilan tanishtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, Ustavning kuchga kirishi bilan Toshkent islom universiteti huzuridagi ISESCO Maxsus kafedrasining tolaqonli faoliyati yolga qoyiladi.

Songra deputatlar Soliq kodeksining 356-moddasiga kiritilayotgan tuzatishni muhokama etishga kirishdi. Xalq noiblarining takidlashicha, kiritilayotgan qoshimcha elektron tijorat infratuzilmasini joriy etishni hamda turistik xizmatlarni onlayn-bronlashtirish va turistik mahsulotlarni internet orqali sotish boyicha xizmat korsatuvchi turistik faoliyat subyektlari sonini kopaytirishni ragbatlantirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasini ikkinchi oqishda maromiga yetkazish doirasida tahririy tuzatishlar kiritildi. Rossiya, Belarus va Gruziya kabi xorijiy mamlakatlar tajribasi takroran organildi. Shuningdek, parlament fraksiyalarining takliflari va tavsiyalari hisobga olindi.

Ularning fikriga kora, ushbu qonunning qabul qilinishi mazkur sohada korsatilayotgan xizmatlar sifati va tezkorligini oshirishga, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish yoli bilan oshirishga, turistik xizmatlar narxini pasaytirishga, raqobatni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shundan song deputatlar Ozbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun loyihasini ikkinchi oqishda korib chiqishga kirishdi. Mazkur hujjat jinoyat sudi ishlarini yuritishni jiddiy tarzda ozgartiradi, sud protsessiga videokonferensaloqa tizimini joriy etish orqali odil sudlovdan foydalanishni kengaytiradi.

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qomitasi huzurida Bosh prokuratura, Oliy sud vakillaridan, ekspertlar va mutaxassislardan iborat tarkibda tuzilgan ishchi guruh tomonidan mamlakatning amaldagi qonun hujjatlari va xorij tajribasi takroran organildi. Ozbekiston Respublikasining yaqinda qabul qilingan Fuqarolik protsessual va Iqtisodiy protsessual kodekslari qoidalari hisobga olindi.

Xalqaro amaliyot shuni korsatadiki, videokonferensaloqadan jinoyat sudi ishlarini yuritishda yanada haqqoniyroq guvohlik korsatmalarini olish hamda ozodlikdan mahrum etish joylarida bolgan shaxsning protsessda ishtirokini taminlash maqsadida foydalaniladi. Kiritilayotgan tuzatishlar sud himoyasiga bolgan huquqni amalga oshirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.

Deputatlar siyosiy partiyalar fraksiyalarining nuqtai nazarini inobatga olgan holda ushbu qonun loyihalarini qabul qildi. Majlisda parlament Qonunchilik palatasining vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
: admin (6-03-2018, 23:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -