» » Renault Jenevadagi avtoshouda o‘zining avtonom harakatlanadigan EZ-GO elektromobilini namoyish etdi (foto)

Renault Jenevadagi avtoshouda o‘zining avtonom harakatlanadigan EZ-GO elektromobilini namoyish etdi (foto)


Jenevada bo‘lib o‘tayotgan avtoshouda Renault kompaniyasi o‘zining haydovchisiz boshqariladigan EZ-GO elektromobilining konseptini taqdim etdi, deb xabar berdi Hi-Tech.Mail.Ru.

EZ-GO’ning o‘ziga xosligi — unda boshqaruv organlari mavjud emas. Salon ichida na rul va na tepkilar bor. Renault’ning ma’lum qilishicha, avtomobil to‘rtinchi darajali avtonomlikka ega. Ushbu darajada datchiklar maksimal miqdordagi ma’lumotlarni qayta ishlaydi va yo‘ldagi murakkab vaziyatlarga moslashadi. Keyingi, beshinchi daraja esa — to‘liq avtonomlik hisoblanadi. Kutilmagan holatlar uchun EZ-GO’ni masofadan turib boshqarish mumkin. Elektromobilning maksimal tezligi soatiga 50 kilometni tashkil etadi.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida uning eshiklari tepaga ochiladigan qilib ishlangan. Avomobil saloniga 6 kishi bemalol joylashadi. Ular harakatlanish vaqtida Wi-Fi’dan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Renault mazkur avtomobilni 2022-yilga qadar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют