» » O‘zbekistonda qidiruv-qutqaruv jarayonlari ixcham kameralar orqali kuzatib boriladi

O‘zbekistonda qidiruv-qutqaruv jarayonlari ixcham kameralar orqali kuzatib boriladi


O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari  mart oyining oxirigacha qutqaruv ishlarini olib borish jarayonlarida o‘z harakatlarini qayd etish imkonini beruvchi “Ekshn” kameralari bilan ta’minlanadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu yangilik qidiruv-qutqaruv jarayonlarini va boshqa ishlarni amalga oshirishda qutqaruvchilarning harakatlarini tahlil qilishga, ularning xatosini aniqlashga yordam berib, bu o‘z navbatida kelgusidagi tadbirlarni bexato va samarali bajarish choralarini ko‘rish imkonini beradi.

Andijon, Buxoro, Namangan, Toshkent viloyatlari qutqaruv tuzilmalari “Ekshn” kameralaridan foydalanishni boshladi. Ushbu kameralar yordamida qutqaruvchilar o‘z ishidan chalg‘imasdan, aholiga yordam berish tadbirlari hamda qutqaruv jarayonlarini tasvirga olishi mumkin.

“Ekshn” kamerasi – raqamli kamera hisoblanib, ixcham va sifatli tasvirga oladi. Ushbu kamera kichik hajmga va yengil vaznga ega bo‘lib, u kaska va kiyim-kechak, jihozlar yoki har qanday kiyim elementlariga osonlikcha o‘rnatilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют