» » Qozogistonda 15 yildan buyon ozbek drama teatri faoliyat yuritadi

Qozogistonda 15 yildan buyon ozbek drama teatri faoliyat yuritadi


Qozogistonning Janubiy Qozogiston viloyatida 2003-yil asos solingan ozbek drama teatri bugun qoshni respublikada istiqomat qilayotgan ozbeklar manaviy-marifiy hayotida muhim orin tutadi. Teatr jamoasi ozbek xalqi madaniyati va milliy urf-odatlarini keng targib qilmoqda.

OzA muxbiri mazkur manaviyat maskani faoliyati haqida malumot olish uchun Janubiy Qozogiston viloyati ozbek madaniyat markazi raisi, viloyat ozbek drama teatri direktori Ikromjon Hoshimjonov bilan muloqotda boldi.

Teatrni tashkil etish ishlari 2001-yilda boshlangan edi. Dastlab ruxsat olish, truppani mablag bilan taminlash, bino ajratish, aktyorlar va rejissyor topish kabi tashkiliy masalalarda muammo va qiyinchiliklarga duch keldik.

Sharof Boshbekovning Temir xotin asari asosida sahnalashtirilgan spektakl jamoamizning ilk ijodiy mehnati boldi. Bu spektaklni keng jamoatchilik vakillari iliq kutib olishdi. Keyinchalik teatrimizga Sayram tumanidagi madaniyat uyini ajratib berishdi. Binoni tamirlash uchun budjetdan yetarli mablag ajratildi. Tezda tamirlash ishlari boshlab yuborildi.

2003-yilning 22-oktabr kuni Janubiy Qozogiston viloyatida istiqomat qilayotgan yarim milliondan ziyod ozbek xalqi uchun ham tarixiy, ham siyosiy bayram boldi, desak mubolaga bolmaydi. Nursulton Nazarboyev viloyatimizga rasmiy ish safari bilan tashrif buyurib, viloyat ozbek drama teatri binosini ozi ochib berdi.

Bugun teatrimiz repertuaridan 100 ga yaqin sahna asari orin olgan. Qozogiston boylab gastrollarda bolamiz. Turli tanlovlarda sovrinli orinlarni egallab kelmoqdamiz.

Alohida faxr bilan aytishimiz joizki, ozbekistonlik hamkasblarimiz bilan ham aloqalar mustahamkamlanib bormoqda. Yangi asarlar sahnalashtirishda, dramaturgiya borasida Ozbekistondan koplab taniqli rejissorlar va yozuvchilar bilan hamkorlikni yolga qoyganmiz. Prezidentlarimiz ezgu harakatlari bilan dostona aloqalarimiz yanada samimiylashib bormoqda. Ishonamizki, bu kabi iliq munosabatlar barcha sohalar qatori madaniy-marifiy aloqalarimiz rivojlanishida ham oz aksini topadi.

Ikromjon Hoshimjonov, Qozogistondagi ozbek drama teatri direktori



Manba: Daryo.uz
: admin (7-03-2018, 12:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -