WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xmeymim aerodromida An-26 harbiy-transport samolyoti qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya mudofaa vazirligining An-26 transport samolyoti 6-mart kuni Suriyada halokatga uchradi. Samolyot bortida 39 kishi — 33 nafar harbiy va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘ldi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?