» » Toshkent fotosuratlar uyida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi (foto)

Toshkent fotosuratlar uyida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi (foto)


Toshkent fotosuratlar uyida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma tashkil etildi, deb yozadi O‘zA.

“Bayramga bag‘ishlab tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmani ham bahor, ayol, beg‘ubor tabiat uyg‘unligining o‘ziga xos ifodasi deyish mumkin. Mohir fotomusavvir Rustam Sharipovning suratlari ona tabiatga cheksiz mehr bilan yo‘g‘rilgan bo‘lsa, Iskandar Sodiqov o‘z fotoasarlarida borliqning oddiy, ham mo‘jizakor tarovatini aks ettirishga intiladi. Muhammad Amin hamda Eduard Mashkovning ijodiy ishlari O‘zbekistonda qizlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyatlardan so‘zlasa, Irina Shur mamlakatda ahillik va hamjihatlikda istiqomat qilayotgan ko‘plab millat va elat vakillarining ezgu intilishlarini asosiy mavzu qilib olgan. Bobur Olimxo‘jayev, Gayane Avanesyan, Ikrom Xudoybergenov, Feliks Asqarxo‘jayev singari ijodkorlarning ijod namunasi onalarga cheksiz ehtiromi, samimiyati, yorqin va ta’sirchanligi bilan fotografiya san’ati muxlislariga manzur bo‘lmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют