» » Tojikistonlik o‘zbek jurnalisti taqdirlandi

Tojikistonlik o‘zbek jurnalisti taqdirlandi


Har yili Tojikistonda 11-mart — Matbuotchilar kasbiy bayrami sifatida nishonlanadi. Bayram arafasida Tojikiston Respublikasi Hukumatining rasmiy nashri — “Xalq ovozi” gazetasi tahririyatiga Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi Namoyandalar majlisining Xalqaro aloqalar, jamoatchilik birlashmalari va axborot masalalariga oid qo‘mitasi raisi Olim Salimzoda tashrif buyurib, qalamkashlarni matbuotchilar bayrami bilan samimiy tabrikladi, deb yozadi O‘zA.

U qariyb 90 yildan buyon respublika Hukumatining o‘zbek tilidagi rasmiy nashri sifatida chop etib kelinayotgan “Xalq ovozi” gazetasi faoliyati haqida so‘z yuritib, uning bugungi mamlakat oliy rahbariyati siyosatini targ‘ib qilish va tojig-u o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlikni yanada mustahkamlashdagi roliga yuksak baho berdi. Bunda esa, gazeta tahrir hay’ati, xususan, uning Bosh muharriri Yoqubjon Abdumanonzodaning hissasi katta ekanligini alohida ta’kidladi.

Har yili bir marta alohida soha vakiliga taqdim etiladigan Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi Namoyandalar majlisining Iftixornomasi bu yil “Xalq ovozi” gazetasi rahbari Yoqubjon Abdumanonzodaga nasib etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют