» » Sukerberg va uning rafiqasi savodxonlikning past darajasiga qarshi kurashish uchun 30 million dollar ajratadi

Sukerberg va uning rafiqasi savodxonlikning past darajasiga qarshi kurashish uchun 30 million dollar ajratadi


Facebook kompaniyasining asoschisi Mark Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla Chan Garvard universiteti va Massachusets texnologiya institutiga 30 million dollar hadya qiladi. Xayriya mablag‘i kichkina sinflarda ta’lim oluvchilar orasida savodxonlikning past darajasiga qarshi kurashishga qaratiladi. Bu haqda 6-mart kuni The Boston Globe gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Reach Every Reader nomini olgan ta’lim tashabbusi besh yilga mo‘ljallangan.

Universitetlar uning doirasida tarmoqli vositani yaratishni rejalashtirmoqda. Vosita ta’lim oluvchilari o‘qishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan o‘quv muassasalarini aniqlash, ularning sababi nimada ekanligini aniqlab, o‘qituvchilar va ota-onalar bolalarning o‘qish ko‘nikmalarini oshirish uchun qo‘llashi mumkin bo‘lgan usullarni taklif qilish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют