» » Qozog‘istondagi Xalqaro turkiy akademiya O‘zbekiston olimlari bilan hamkorlikni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Qozog‘istondagi Xalqaro turkiy akademiya O‘zbekiston olimlari bilan hamkorlikni kuchaytirishni rejalashtirmoqda


Qozog‘iston poytaxti Ostonada faoliyat yurituvchi Xalqaro turkiy akademiya (TWESCO) O‘zbekiston bilan hamkorlikni yuksak darajaga ko‘tarishni ko‘zlamoqda. Bu haqda akademiya rahbari professor Darxan Qidirali Ostonada, Markaziy kommunikatsiya xizmatida bo‘lib o‘tgan brifingda ta’kidlab o‘tdi, deb xabar beradi “Daryo”ning o‘z manbalari.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, akademiyaning bu yilgi asosiy vazifalaridan biri — Markaziy Osiyo davlatlari bilan ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish.

Shu munosabat bilan ilmiy muassasaning 2018-yilgi rejalarida O‘zbekistonga arxeologik ekspeditsiya uyushtirish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, TWESCO hozir O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi bilan ilmiy hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashga tayyorlanmoqda.

Aytib o‘tish kerak, akademiya 2017-yili o‘tkazgan II “Buyuk Dala” ijtimoiy fanlar forumiga ilk bor O‘zbekistondan katta miqyosda delegatsiya qatnashgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют