» » Saudiya Arabistonida ayollar uchun ilk aviadispetcherlik kurslari ochildi

Saudiya Arabistonida ayollar uchun ilk aviadispetcherlik kurslari ochildi


Saudiya Arabistonida ayol aviadispetcherlarni tayyorlovchi ilk kurslar o‘childi. O‘quv mashg‘ulotlari Saudi Air Navigation Services (SANS) davlat kompaniyasining Fuqarolik aviatsiyasi akademiyasi bilan o‘zaro hamkorlikda mamlakatning tinib-tinchimas ayollari uchun ko‘proq ish o‘rnini yaratish dasturi asosida amalga oshirilmoqda, deb xabar berdi “TASS”.

Havo kemalari operatorlarining ayollarga mo‘ljallangan birinchi guruhidan 12 nafar ayol o‘rin oldi. Kurslar muvaffaqiyatli yakunlansa ular maxsus sertifikatga ega bo‘ladi hamda ar-Riyod va Jidda dispetcherlik markazlariga ishga qabul qilinadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur sohaga ayollar diqqat bilan tanlab olinmoqda. Ariza beruvchilarning yoshi 18—25 atrofida bo‘lishi hamda o‘rta ta’limni yuqori baholar bilan bitirgan bo‘lishi lozim. Ular havo transportini boshqarish sohasida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni boshlagunida qadar bir qator testlardan o‘tishlari kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют