» » Dushanbeda Ozbekiston Tojikiston ishbilarmonlar kengashining birinchi yigilishi bolib otdi

Dushanbeda Ozbekiston Tojikiston ishbilarmonlar kengashining birinchi yigilishi bolib otdi


Tojikiston poytaxtida Ozbekiston Tojikiston ishbilarmonlar kengashining birinchi yigilishi bolib otdi. Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Unda Ozbekiston savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikromov, Tojikiston Savdo-sanoat palatasi raisi Sh. Said, tegishli vazirlik va idora rahbarlari, ikki mamlakatning 120 dan ortiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari rahbarlari ishtirok etdi.

Ozbekiston Tojikiston ishbilarmonlar kengashi 2017-yilning 11-oktabrida tashkil etilgan bolib, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, ishbilarmon va moliyaviy doiralar ortasida togridan togri aloqalarni yolga qoyish, kop tomonlama loyihalarni amalga oshirishga komaklashish, ikki davlatning biznes hamjamiyatlari vakillarini birlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirda qayd etilganidek, songgi yillarda Ozbekiston va Tojikistonda iqtisodiy rivojlanishning ilgor tizimlari keng joriy etilayotgani hamda mahalliy korxonalar raqobatdoshligining oshayotgani ikki mamlakat ortasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda muhim qadam bolmoqda.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning yanada rivojlanishiga komaklashish uchun qoshma tadbirlar tashkil etish, biznes vakillarining ortasida yirik forumlar, korgazma va yarmarkalar otkazish muhimligi takidlandi.

Yigilishda turli sohalar boyicha samarali kelishuvlarga erishildi. Kengashining ikkinchi majlisini joriy yilning ikkinchi yarmida Toshkentda otkazish boyicha kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
: admin (8-03-2018, 22:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -