» » Iroq sudi IShID yetakchisining singlisini o‘limga mahkum etdi

Iroq sudi IShID yetakchisining singlisini o‘limga mahkum etdi


Bag‘dod sudi IShID terrorchilari yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning singlisi (yoki opasi)ni o‘lim jazosiga mahkum etdi, deb yozadi Meduza Fox News’ga tayanib. Sud vakili uning ism-sharifini e’lon qilmagan.

Ayni paytda “RIA Novosti” mahalliy OAVlarga tayanib, hukm Abu Bakr al-Bag’dodiy emas, IShIDning avvalgi yetakchisi — Abu Umar al-Bag‘dodiyning singlisiga nisbatan chiqarilganini ma’lum qilmoqda, u 2010-yildayoq o‘ldirilgan edi.

IShID yetakchisining singlisi jangarilar otryadlarini logistika borasida qo‘llab-quvvatlaganlikda, shuningdek, Mosuldagi terrorchilar o‘rtasida pul taqsimlaganlikda aybdor deb topildi. Mosul 2014-yildan buyon uch yil davomida IShID nazorati ostida bo‘lgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют