» » The Diplomat jurnalida Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi haqida maqola chop etildi

The Diplomat jurnalida Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi haqida maqola chop etildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi xorij ommaviy axborot vositalarida katta qiziqish uyg‘otmoqda, deb yozadi Hukumat portali.

Xususan, Yaponiyada chop etilib, Osiyo — Tinch okeani mintaqasi ekspertlari va ilm-fan doiralari vakillari orasida katta nufuzga ega bo‘lgan The Diplomat jurnalida mazkur mavzuga bag‘ishlangan tahliliy maqola e’lon qilindi.

Maqola muallifi Katerin Pus Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari lavozimini egallaganidan so‘ng qo‘shnilar bilan aloqalarni tiklash bo‘yicha faol chora-tadbirlarni amalga oshirayotganini e’tirof etib, qisqa vaqt ichida O‘zbekiston rahbari Turkmanistonga uch marotaba, Qozog‘istonga to‘rt marta, Qirg‘izistonga bir marotaba tashrif buyurganini eslatib o‘tadi.

Sharhlovchi Tojikiston bilan hamkorlik deyarli “nol”dan boshlanganini ta’kidlab, bu omil Dushanbeda bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarning ahamiyatini yanada ko‘tarishini yozadi.

Katerin Pusning fikricha, 2017-yildan Toshkent va Dushanbe o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovining tiklanishi tomonlarning davlatlararo rishtalarni tubdan yaxshilashga yakdil intilishini yaqqol ko‘rsatdi.

“Katta masofadagi chegaraga ega ikki mamlakat o‘rtasida havo, avtomobil hamda temir yo‘l aloqasining tiklanishi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ‘Katta strategiya’sining tarkibiy qismidir”, deyiladi maqolada.

Jurnalda yozilishicha, Dushanbega tashrif yakuni bo‘yicha, jumladan, davlatlararo viza tartibining o‘zgarishi kutilmoqda. Shu ma’noda, The Diplomat O‘zbekiston hukumatining Tojikiston bilan chegarada to‘qqizta o‘tkazish punktini ochish haqida yaqinda e’lon qilingan qarorining yuqori ahamiyatga egaligini yozadi. “Mazkur qaror orqali, — deya ta’kidlaydi jurnalist, — Toshkent o‘z siyosiy irodasini namoyon qildi”.

Maqolada qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi nafaqat mintaqada, balki dunyoda katta umid uyg‘otmoqda. Ushbu hodisa bugun mintaqaviy hamkorlikka nisbatan keng miqyosli yondashuvning tarkibiy qismi bo‘lib, Toshkent o‘z tashqi siyosatida aynan shunday tamoyilga amal qilayotir.

“Muammo hamda to‘siqlar, albatta, bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi, ammo quvonarlisi shundaki, ularni yengib o‘tishga istak hamda iroda bor”, — deya xulosa qilinadi maqolada.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют