» » Yevropolga 8-mart kuni ilk bor ayol kishi rahbar etib tayinlandi

Yevropolga 8-mart kuni ilk bor ayol kishi rahbar etib tayinlandi


Belgiya federal politsiyasi bosh komissari Katrin De Bol Yevropol rahbari etib tayinlandi. U ushbu lavozimni egallagan birinchi ayol bo‘ldi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Kengash 8-mart kuni Katrin De Bolni Yevropolning yangi ijrochi direktori etib tayinladi. Uning hozirgi rahbari Rob Ueynraytning mandati joriy yil 1-may kuni yakuniga yetadi”, — deyiladi Yevrokengash matbuot xizmati xabarida.

Yevropol shtab-kvartirasi Gaagada joylashgan. Yevroittifoq agentligi maqomiga ega tashkilot faoliyatining yo‘nalishlari qatoriga milliy politsiya xizmatlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini muvofiqlashtirish, terrorizm, transchegaraviy jinoyatchilik, noqonuniy qurol oldi-sotdisi, narkosavdo va jinoiy yo‘l bilan topilgan mablag‘ni legallashtirishga qarshi kurash hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют