» » Surxondaryoda 200 ming so‘mga ov qurolini sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Surxondaryoda 200 ming so‘mga ov qurolini sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi


Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi Xo‘jaqiya-2 mahallasida yashovchi Nafsin Mo‘llayev (ism-familiya o‘zgartirilgan) ov qurolini 200 ming so‘mga qonunga xilof ravishda sotayotganida ichki ishlar idorasi xodimlari tomonidan ushlandi, deb xabar berdi O‘zA.

Nafsin Mo‘llayev “IJK” rusumli bir stvolli, 20-kalibrli hujjatsiz o‘qotar qurolni qayerdan olgani va qanday maqsadda pullashga uringani IIB xodimlarida qiziqish uyg‘otgan. Ayni paytda Mo‘llayevga nisbatan O‘zbekiston Rspublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda qurol, o‘q-dori, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga zid saqlash, unga egalik qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют